VOYADA YETMAGANLARGA IJTIMOIY-HUQUQIY YORDAM KOʻRSATISH MARKAZLARINING HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASIDAGI OʻRNINI RIVOJLANTIRISH.
Keywords:
voyaga yetmaganlar, huquqbuzarliklar profilaktikasi, ijtimoiy-huquqiy yordam markazlari, yoshlar siyosati, reabilitatsiya, ijtimoiy himoya, huquqiy madaniyat, psixologik yordam.Abstract
Mazkur maqolada voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlarining jamiyatdagi o‘rni, ularning huquqbuzarliklar profilaktikasidagi roli hamda bu sohadagi rivojlanish istiqbollari chuqur tahlil etiladi. Bugungi kunda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar, g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar va ijtimoiy moslashuvdagi muammolar global miqyosda dolzarb masalaga aylangan. Shu boisdan voyaga yetmaganlarga mo‘ljallangan ijtimoiy-huquqiy yordam markazlari ularni qo‘llab-quvvatlash, psixologik yordam ko‘rsatish, tarbiyaviy va huquqiy yo‘nalishda yo‘l-yo‘riq berish orqali huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada, xususan, O‘zbekiston Respublikasida ushbu markazlar faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kadrlar salohiyatini oshirish, shuningdek, raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali samaradorlikni yanada kuchaytirish masalalari yoritilgan. Shu bilan birga, xalqaro tajribalar, xususan, Yevropa davlatlari va Osiyo mamlakatlarida voyaga yetmaganlar bilan ishlashning huquqiy asoslari tahlil qilinib, ularni milliy amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari muhokama qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ijtimoiy-huquqiy yordam markazlarining samaradorligini oshirish uchun quyidagi yo‘nalishlar ustuvor hisoblanadi: tizimni raqamlashtirish, profilaktika inspektorlari va psixologlar o‘rtasida yagona ma’lumot almashish platformasini yaratish, markazlarni mahalla, maktab va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan uzviy hamkorlikda ishlashini ta’minlash. Shuningdek, voyaga yetmaganlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ularni jamiyat hayotiga faol jalb etish orqali huquqbuzarliklarning oldini olish mumkinligi asoslab berilgan. Maqola yakunida voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini modernizatsiya qilish nafaqat huquqbuzarliklarni kamaytirish, balki sog‘lom, huquqiy bilimga ega, ma’naviy barkamol yosh avlodni shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlangan.
References
Abduqahhorov, T. Huquqbuzarliklarni oldini olish va jamiyat xavfsizligi. Toshkent: Huquq, 2020.
Islomov, S. Profilaktika tizimi va fuqarolar bilan hamkorlik. Toshkent: IIV Nashriyoti, 2019.
Karimova, N. Davlat boshqaruvi va huquqbuzarliklar profilaktikasi. Toshkent: Akademiya Nashriyoti, 2021.
Murodov, J. Hududiy monitoring va jinoyatchilikni oldini olish. Toshkent: Adabiyot va Huquq, 2021.
Home Office. Crime Prevention and Community Safety. London, 2018.