ICHKI ISHLAR ORGANLARI TARKIBIY TUZILMALARIDA HUJJATLAR AYLANISHIDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
hujjatlar aylanishi, elektron hujjatlar aylanshi, zamonaviy axborot texnologiyalari, avtomatlashtirish, dasturiy ta'minot, samaradorlik, xizmat ko‘rsatish, integratsiya, shaffoflik, axborot tizimlari, malaka oshirish, innovatsiyalar.Abstract
Ushbu maqolada ichki ishlar organlari tarkibiy tuzilmalarida hujjatlar aylanishida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Hujjatlar aylanishi, ichki ishlar organlarining samaradorligini oshirish va xizmat ko‘rsatishni yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi. Hujjatlar aylanishini avtomatlashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalarining integratsiyasi va ilg‘or dasturiy ta'minotlardan foydalanish, ichki ishlar organlari faoliyatini yanada samarali va shaffof qilish imkonini beradi. Maqolada, axborot texnologiyalarining hujjatlar aylanishidagi o‘rni, ularning afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinadi. Shuningdek, tajribali mutaxassislar va rahbarlar bilan olib borilgan intervyular natijasida olingan fikrlar va tavsiyalar taqdim etiladi. Ushbu tadqiqot, ichki ishlar organlari xodimlarining axborot texnologiyalaridan foydalanish qobiliyatini oshirish va ularni zamonaviy talablarga moslashtirishga qaratilgan takliflarni o‘z ichiga oladi.
References
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari – ichki ishlar sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, 2020-yil.
Axborot texnologiyalari va ularning ichki ishlar organlarida qo‘llanilishi – M. Khamroev Toshkent, 2019.
Yosh mutaxassislar uchun axborot tizimlari – S. A. Sultonov 2021.
Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning samaradorligi – I. T. Ruziev "Ilm va tarbiya" jurnali, 2022.
Hujjatlar aylanishi: nazariya va amaliyot – R. K. Baxtiyorov 2018.