CHET TILINI O‘RGATISHDA SO‘Z BOYLIGINI SHAKLLANTIRISHNING SAMARALI METODIK YONDASHUVLARI
Keywords:
globallashuv davri, to‘g‘ri, aralash, qiyosiy metodlar, kontekstual yondashuv, semantik xaritalar, leksik tarmoqlar, interaktiv vositalar, produktiv yondashuv, spaced repetition, dramatizatsiya.Abstract
Ushbu maqolada chet tilini o‘rgatishda so‘z boyligini shakllantirishning samarali usullari, to‘g‘ri, aralash, qiyosiy hamda tarjima metodlaridan foydalanishdagi natijalar haqida fikr yuritiladi. Tilshunos va metodistlarning ishlarida lug‘at boyligini rivojlantirish bo‘yicha samarali nazariy asoslar bayon etiladi. Shu qatorda, A. Leontyev, V. Zimnyaya, E. Hatch, M. Lewis kabi tilshunos olimlarning chet tilini o‘rganishda so‘z boyligini oshirish haqidagi qarashlari aytib o‘tiladi. Lexical Approach, Communicative Language Teaching, Task-Based Language Teaching kabi zamonaviy yondashuvlar haqida, shuningdek, chet tilini o‘rgatishda so‘z boyligini oshirishda qo‘llash mumkin bo‘lgan samarali metodlar: kontekstual yondashuv, semantik xaritalar, leksik tarmoqlar, ma’no asosida guruhlash, texnologiyadan foydalanish, interaktiv vositalar, produktiv yondashuv haqida batafsil aytib o‘tiladi.