ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA NARKOTIK VA GIYOHVAND MODDALAR BILAN BOGâLIQ BOâLGAN JINOYATLARNI FOSH ETISH
Keywords:
narkotik vositalar, giyohvandlik, jinoyatni fosh etish, ichki ishlar organlari, kontrabanda, tezkor-qidiruv, profilaktika, jinoyatchilikka qarshi kurash, texnik vositalar, xalqaro hamkorlik.Abstract
Narkotik va psixotrop moddalar bilan bogâliq jinoyatlar zamonaviy davrda jahon miqyosida dolzarb va xavfli muammo sifatida eâtirof etilmoqda. Oâzbekiston Respublikasi ham mazkur tahdidlardan xoli emas. Davlatimizda giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi, ularni tarqatish, saqlash, isteâmol qilish va kontrabanda yoâllari bilan olib kirish bilan bogâliq jinoyatlar soni ortib bormoqda. Ushbu holat ichki ishlar organlarining narkojinoyatchilikka qarshi kurashishdagi roli va vazifalarini yanada kuchaytirishni, zamonaviy texnologiyalar, tezkor-qidiruv faoliyatini optimallashtirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Mazkur maqolada ichki ishlar organlari tomonidan narkotik vositalar bilan bogâliq jinoyatlarni aniqlash, ularni fosh etish va oldini olish boâyicha olib borilayotgan chora-tadbirlar chuqur tahlil qilinadi. Shu jumladan, tezkor-qidiruv va profilaktik ishlarning uslubiy yondashuvlari, statistik koârsatkichlar, qonunchilikdagi islohotlar va jinoyatchilik dinamikasining xususiyatlari yoritiladi. Shuningdek, ichki ishlar xodimlarining kasbiy tayyorgarligi, ixtisoslashtirilgan boâlinmalarning roli, zamonaviy texnik vositalardan foydalanish samaradorligi haqida fikr yuritiladi. Tahlillarga asoslangan holda, mavjud muammolar, jumladan, tezkor maâlumot almashinuvi tizimining yetarlicha ishlamasligi, ayrim hududlarda malakali kadrlar tanqisligi, giyohvand moddalar oqimini aniqlashda texnik jihozlarning yetishmovchiligi kabi masalalarga eâtibor qaratiladi. Shuningdek, ilgâor xorijiy tajriba asosida takliflar ishlab chiqiladi. Jumladan, âgiyohvandlikka qarshi kurashishâ milliy platformasini yaratish, profilaktik va rehabilitatsion dasturlarni kuchaytirish, fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etish kabi yoânalishlar asosiy takliflar sirasiga kiradi. Maqola yakunida, ichki ishlar organlarining narkojinoyatlarga qarshi samarali kurashishi uchun qonunchilikni yanada takomillashtirish, tezkor-texnik vositalarni modernizatsiyalash, kadrlar salohiyatini oshirish va xalqaro tajribadan foydalanish zarurligi xulosa qilinadi. Shu bilan birga, giyohvandlikka qarshi kurashish nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar, balki butun jamiyat zimmasidagi vazifa ekanligi alohida taâkidlanadi.
References
Karimov I.A. âYuksak maânaviyat â yengilmas kuchâ. â Toshkent: Maânaviyat, 2008.
Sobirov F.B. âHuquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida jinoyatlarni fosh etish metodikasiâ. â Toshkent: TIFA, 2020.
Giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan bogâliq jinoyatlarga qarshi kurashda zamonaviy texnologiyalarning roli // âKriminalistika va sud ekspertizasiâ ilmiy-amaliy jurnali. â 2022, â3.