EKSPERT KRIMINALISTIKA FAOLIYATIDA FOYDALANILADIGAN AXBOROT TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING AXAMIYATI
Keywords:
ekspertiza, kriminalistika, axborot tizimi, texnologik innovatsiya, ma’lumotlar bazasi, Papilon, AFIS, EKS-DB, ekspert tizimlari, raqamli izlarAbstract
Kriminalistika ekspertizasi — jinoyatlarni fosh etish va oldini olishda muhim rol o‘ynaydigan ilmiy-amaliy yo‘nalishlardan biridir. So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi ushbu sohada ham axborot tizimlarining joriy etilishini talab etmoqda. Mazkur maqolada ekspert-kriminalistika faoliyatida foydalanilayotgan axborot tizimlarining hozirgi holati, ularning imkoniyatlari, amaliy qo‘llanilishi va mavjud kamchiliklari tahlil qilinadi. Shuningdek, axborot tizimlarini takomillashtirish zarurati, bu yo‘nalishdagi global tajribalar, texnologik innovatsiyalar va ularning mahalliy sharoitga moslashtirilishi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratiladi. Zamonaviy axborot tizimlari hujjatlar, dalillar, foto- va video materiallar, ekspertiza natijalari, barmoq izlari, DNK tahlillari kabi ko‘plab ma’lumotlarni yagona bazada saqlash, tahlil qilish va tezkor qidiruv imkoniyatini yaratadi. Bunday tizimlar orqali ekspertlar bir necha daqiqa ichida turli jinoyat ishlaridagi tafsilotlarni aniqlay oladi. Bu nafaqat ish samaradorligini oshiradi, balki inson omili tufayli yuzaga keladigan xatoliklarni ham kamaytiradi. Maqolada shuningdek, Papilon, AFIS, CODIS, EKS-DB kabi yirik axborot tizimlarining afzalliklari va cheklovlari, ularning mahalliy kriminallistik amaliyotga integratsiyasi masalalari ham ko‘rib chiqiladi. Rivojlangan davlatlar tajribasi asosida O‘zbekiston kriminallistik tizimida foydalaniladigan mavjud platformalarni takomillashtirish yo‘llari, kadrlar salohiyatini oshirish, texnik va huquqiy asoslarni yaratish zarurligi asoslab beriladi. Xulosa sifatida, ekspert faoliyatida axborot tizimlarining rivoji nafaqat texnik samaradorlikni oshiradi, balki jinoyatlarni tahlil qilish, taxmin qilish, profilaktika qilish va tergov ishlarini tezlashtirish imkonini beradi. Shu boisdan, kriminallistik ekspertiza tizimida axborot texnologiyalarini jadal rivojlantirish davlat xavfsizligi, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati samaradorligi hamda fuqarolik jamiyati barqarorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
References
Karimov. S. T. (2019). Axborot texnologiyalari va ekspert tizimlari. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Universiteti Nashriyoti.
Mirzaev. A. R. (2021). “Ekspert kriminalistika sohasida Papilon tizimining roli va ahamiyati”, Huquqiy ekspertiza jurnali, 3(12), 45-53.
Petrova. N. V. (2018). Современные информационные системы в криминалистике. Москва: Юрайт.
Johnson. M. (2017). Forensic Informatics: The Role of Information Systems in Criminal Investigation. New York: Springer.
Smith. J., & Brown, L. (2022). “Advances in Digital Forensics and Information Systems”, Journal of Forensic Sciences, 67(4), 1205-1218.
Tashkent State University of Law. (2020). Criminalistics and Forensic Science Research Reports. Tashkent.