NUKUS SHAHAR AHOLI XONADONLARIDAGI TOVUQLARDA ARGAS PERSICUS KANALARINING TARQALISHI

NUKUS SHAHAR AHOLI XONADONLARIDAGI TOVUQLARDA ARGAS PERSICUS KANALARINING TARQALISHI

Authors

  • Yeshanova T. SamDVMShBU Nukus filiali magistranti
  • Pulotov F.S. SamDVMShBU Nukus filiali dotsenti, ilmiy rahbar

Keywords:

Argas persicus, Borrelia anserina, parazit, borrelioz, akarisid, parrandachilik, zararlanish, dezakarisatsiya.Kirish. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida parrandachilikni jadal rivojlantirish borasida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Rarrandachilik oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy oqsil manbai hisoblanadi. FAO bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aholini ekologik toza, sifatli, arzon va parhezbop parranda mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida oxirgi o‘n yil davomida tuxum yetishtirish 2 barobarga, parranda go‘shti yetishtirish 3 barobarga oshdi, dunyoda aholi xonadonlarida 6,8 milliard boshdan ortiq parrandalar mavjud bo‘lib ularning mahsuldorligini oshirish bilan bir qatorda parrandalarni turli kasalliklar, xususan ektoparazitlardan asrash muhim ahamiyat kasb etadi. Parrandachilik qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda katta ahamiyat kasb etadi (Frolov & Karimov, 2020). Qoraqalpog‘iston Respublikasida, xususan Nukus shahri xonadonlarida uy sharoitida parrandachilik keng yoyilgan, ammo bu faoliyat turli yuqumli va parazitar kasalliklar xavfi bilan ham yuzma-yuz keladi. Eng xavflilaridan biri — Argas persicus kanalari bo‘lib, ular nafaqat parazitlik qilib mahsuldorlikni kamaytiradi, balki Borrelia anserina tashuvchisi sifatida ahamiyatga ega (Levchenko et al., 2018)

Abstract

Ushbu maqolada Nukus shahri aholisi xonadonlarida uy sharoitida parvarish qilinayotgan tovuqlarda Argas persicus kanalari bilan tabiiy zararlanish darajasi, ularning tarqalish xususiyatlari va klinik belgilari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari bayon etilgan.

References

Frolov, V. A., & Karimov, R. R. (2020). Veterinary parasitology and control of poultry ectoparasites. Tashkent: VetPress.

Levchenko, J. V., Petrov, M. A., & Saidov, A. N. (2018). Epidemiology and control of poultry borreliosis in household conditions. Veterinary Science Journal, 45(3), 112–119.

Ministry of Agriculture. (2022). Argas persicus and its impact on poultry production. Tashkent: State Veterinary Committee.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2021). Qushlar salomatligi va oziq-ovqat xavfsizligi konsepsiyasi. Qaror № 367, 12 iyul.

Downloads

Published

2025-06-01
Loading...