ONA TILIDAN INTERFERENSIYA: O‘ZBEK VA XITOY TILLARI STRUKTUR FARQLARINING TALABALARGA TA’SIRI
Keywords:
Xitoy tili, interferensiya, ona tili ta’siri, agglutinativ til, izolyativ til, grammatik struktura, fonetik xatolar, tonlar tizimi, so‘z tartibi, leksik-semantik interferensiya, kontrastiv tahlil, kommunikativ metod, xatolar tahlili, lingvodidaktika.Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek tilida so‘zlashuvchi talabalarning xitoy tilini o‘rganish jarayonida uchraydigan interferensiya holatlari lingvistik va metodik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. O‘zbek va xitoy tillarining tipologik jihatdan farqlanishi — biri agglutinativ, ikkinchisi izolyativ tizimga mansubligi — fonetik, morfologik, sintaktik va semantik darajalarda o‘rganuvchilar nutqiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi ko‘rsatiladi. Tadqiqotda tonlarning o‘zbek tilida mavjud emasligi, so‘z tartibi farqlari, grammatik morfemalarning qo‘llanishi, leksik-semantik nomuvofiqliklar, pragmatik muloqot me’yorlari bo‘yicha interferensiya misollari yoritiladi. Maqola xitoy tili o‘rgatishda ona tili ta’sirini hisobga olish zarurligini ilmiy asoslab, o‘qituvchilar va til ta’limi bo‘yicha tadqiqotchilar uchun amaliy-uslubiy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
References
Abduazizov A. Umumiy tilshunoslik. – Toshkent: Universitet, 2010.
Bozorov O., Xudoyberganova M. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent: Nodirabegim, 2018.
Nazarov B. O‘zbek tili grammatikasi: Morfologiya. – Toshkent: Fan, 2014.
Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining so‘z yasalishi. – Toshkent: Fan, 1996.
Hakimov S. Xitoy tili nazariy grammatikasi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2020.
Mamatqulova G. Xitoy tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2021.
Jo‘rayev A. Til o‘rgatishda interferensiya: nazariya va amaliyot. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019.
Usmonova D. Xitoy tili fonetikasi: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2022.