IQTISODIYOT YO‘NALISHI TALABALARIGA «MARKET COMPETITION» MAVZUSINI INGLIZ TILIDA O‘RGATISH XUSUSIYATLARI (CLIL METODIKASI ASOSIDA)

IQTISODIYOT YO‘NALISHI TALABALARIGA «MARKET COMPETITION» MAVZUSINI INGLIZ TILIDA O‘RGATISH XUSUSIYATLARI (CLIL METODIKASI ASOSIDA)

Authors

  • Tanatarova Norgul Chirchiq davlat pedagogika universiteti 1 bosqich magistranti
  • Muxitdinova Munira Ravshanovna Ilmiy rahbar

Keywords:

CLIL, market competition, iqtisodiy ta’lim, fan va til integratsiyasi, lingvistik kompetensiya, raqobat turlari, kommunikativ metodika, kasbiy muloqot.

Abstract

Mazkur maqolada iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun «Market Competition» (bozor raqobati) mavzusini ingliz tilida o‘qitish jarayonining ilmiy-metodik asoslari CLIL (Content and Language Integrated Learning) yondashuvi nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. CLIL metodikasi fan va tilni birgalikda o‘qitish orqali talabalar bilimini mazmunan chuqurlashtirish, iqtisodiy tafakkurni rivojlantirish va ingliz tilidagi kasbiy muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan integratsion yondashuv sifatida qaraladi.

Maqolada «Market Competition» mavzusining o‘ziga xos jihatlari – raqobat turlari (perfect, monopolistic, oligopoly), narx shakllanishi, bozor strukturalari, iste’molchi xulqi va davlatning tartibga solish siyosati ingliz tilida o‘rgatilishining afzalliklari yoritilgan. CLIL yondashuvi asosida olib borilgan tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, talabalarning iqtisodiy terminologiyani o‘zlashtirish darajasi, ingliz tilida iqtisodiy fikr bildirish, tahlil yuritish va taqdimot ko‘nikmalari an’anaviy o‘qitish usullariga nisbatan yuqori natija ko‘rsatilgan.

Maqola doirasida CLILning asosiy komponentlari – Content (mazmun), Communication (muloqot), Cognition (tafakkur), Culture (madaniyat) – asosida ishlab chiqilgan dars modeli tahlil qilinadi. O‘quv jarayonida til va fan o‘rtasidagi tabiiy integratsiya talabalarni mustaqil fikrlash, iqtisodiy sabab-oqibat munosabatlarini tushunish va ularni ingliz tilida izohlashga yo‘naltirgan. Shuningdek, CLIL asosidagi mashg‘ulotlarda talabalar global iqtisodiy misollar (masalan, Apple – Samsung, Coca-Cola – Pepsi raqobati) orqali real iqtisodiy holatlarni tahlil qilish imkoniga ega bo‘ladilar.

Tadqiqot xulosalariga ko‘ra, «Market Competition» mavzusini CLIL metodikasi orqali o‘qitish iqtisodiyot yo‘nalishidagi talabalar uchun lingvistik, kognitiv va kasbiy kompetensiyalarni bir vaqtda rivojlantirishga yordam beradi. Bu metodika o‘quvchilarni nafaqat ingliz tilida so‘zlashuvchi, balki iqtisodiy tafakkur yurita oluvchi, xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis sifatida tayyorlashga xizmat qiladi.

References

Coyle D., Hood P., Marsh D. CLIL: Content and Language Integrated Learning. Cambridge: Cambridge University Press. 2010

Marsh, D. (2002). CLIL/EMILE – The European Dimension: Actions, Trends and Foresight Potential. European Commission, Brussels.

Mehisto P., Marsh, D., Frigols M.J. Uncovering CLIL: Content and Language Integrated Learning in Bilingual and Multilingual Education. Oxford: Macmillan Education. 2008

Dalton-Puffer C. Content-and-Language Integrated Learning: From Practice to Principles? Annual Review of Applied Linguistics, 31, 182-204. 2011

Bentley K. The TKT Course: CLIL Module. Cambridge University Press. 2010

Brown H. D. Teaching by Principles: An Interactive Approach to Language Pedagogy. 2nd ed. Pearson Education. 2001

Mankiw N. G. Principles of Economics. 9th Edition. Cengage Learning. 2020

Krugman, P., & Wells, R. Economics. 5th Edition. Worth Publishers. 2018

Downloads

Published

2025-11-01 — Updated on 2025-12-02

Versions

Loading...