OLAMNING LISONIY VA KONSEPTUAL MANZARASI

OLAMNING LISONIY VA KONSEPTUAL MANZARASI

Authors

  • Babanazarova Sokhiba Abdusharipovna Doctoral student, Khorezm Mamun Academy

Keywords:

olamning lisoniy manzarasi, konseptual manzara, til va tafakkur, milliy xoslik, lingvistik nisbiylik, kognitiv tilshunoslik, idrok va konseptuallashtirish.

Abstract

Ushbu maqolada olamning manzarasi va uning lisoniy ko‘rinishi haqida ilmiy-nazariy mulohazalar yuritilgan. Olam manzarasi inson va muhit o‘rtasidagi munosabatlar, u haqdagi tasavvurlar hamda bilimlarning qayta ishlanishi natijasida shakllanishi ta’kidlanadi. Lisoniy manzara esa til jamoasining tarixan shakllangan dunyo haqidagi tasavvurlarining ifodasidir. Til orqali inson dunyoni anglaydi, uni tahlil qiladi va qayta nomlaydi. Olamning lisoniy manzarasi har bir xalqning milliy, madaniy va ijtimoiy xususiyatlarini o‘zida mujassam etadi. Maqolada olamning konseptual va lisoniy manzaralari o‘rtasidagi farqlar hamda ularning o‘zaro aloqadorligi tahlil qilinadi. Til inson ongidagi dunyo modelini ifodalovchi eng muhim vosita sifatida talqin etiladi. Lingvistik nisbiylik nazariyasi asosida har bir til jamoasining dunyoni ko‘rish burchagi farq qilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada shuningdek, lisoniy manzaraning ijtimoiy, antroposentrik, milliy va diskret xususiyatlari tahlil etiladi. Lisoniy manzara voqelikni idrok etish va uni tilda ifodalashning universal, ammo milliy xoslangan usullarini mujassamlashtiradi. Shu bois olamning lisoniy manzarasi inson tafakkuri, madaniyati va tili o‘rtasidagi murakkab uyg‘unlikni ifodalovchi konseptual model sifatida qaraladi.

References

Усманова Ш. Лингвокультурология. – Тошкент, 2019. – Б. 76.

Маҳмудов Н. Оламнинг лисоний манзараси ва сўз ўзлаштириш // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2005. – № 3. – Б. 7.

Шушарина Г.А. The language picture of the world in modern linguistics//Международный научный журнал «символ науки». – Москва, 2016. – №1. – С. 78.

Усмонов Ф.Ф. Ўзбек тилидаги ўхшатишларнинг лингвомаданий тадқиқи: Филол. фан. бўйича фалс. д-ри (PhD) дисс... – Тошкент, 2020. – Б. 19.

Бахронова Д. Ўзбек ва испан тилларида олам манзарасининг лингвокогнитив категорияланиши. Филол. фан. д-ри. (DSc) дис. автореф. – Тошкент, 2022. – Б. 18.

Соколова Т.В. Языковая картина мира в текстах английских эпиграмм: Автореф. дис. … канд. филол. наук. – Санкт-Петербург, 2012. – С. 8.

Смирнов А.В. Языковая картина мира английской народной сказки: Дисс. … канд. филол. наук. – Санкт-Петербург, 2006. – С. 10.

Муранова О.С. Языковая картина мира в тексте научно-популярной статьи: Дисс. … канд. филол. наук. – Санкт-Петербург, 2009. – Б. 20.

Худойберганова Д. Лингвокультурологияда маданий код тушунчаси ва талқини // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2019. – № 3. – Б. 15.

Икрамова С.А. Оламнинг лисоний манзарасида макон категорияси ва миллий ўзига хослик: Филол. фан. д-ри ... дисс. – Фарғона, 2018. – Б. 20-45.

Сирожиддинов Ш. Олам манзараси тушунчасига доир // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2018. – № 2. – Б. 83.

Корнилов О.А. Языковые картины мира как производные национальных менталитетов. - М.: ЧеРо, 2003. С.140.

Downloads

Published

2025-10-01
Loading...