RAQAMLI YER KADASTRI ASOSIDA INVESTITSIYAVIY BOSHQARUV MODELINI SHAKLLANTIRISHNING GEOINNOVATSION YONDASHUVI
Keywords:
kadastr, investitsiya, GIS, raqamli xarita, dron, baholash, geoportal, monitoring, reyting, barqarorlik.Abstract
Ushbu ilmiy maqolada raqamli yer kadastri, geografik axborot tizimlari (GIS), dron texnologiyalari va masofadan zondlash (RS) asosida investitsiyaviy boshqaruv modelini yaratishning ilmiy-amaliy asoslari yoritilgan. Mazkur yondashuv orqali yer resurslari holatini kompleks baholash, ya’ni ularning iqtisodiy, ekologik va huquqiy ko‘rsatkichlarini birgalikda tahlil qilish imkoniyati shakllantiriladi. Tadqiqot doirasida investitsion jozibadorlikni aniqlovchi ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqilib, ularning asosida reyting xaritalar tuzildi va yuqori potensialga ega yer maydonlari aniqlandi. GIS tahlil, dron yordamida real vaqtli ortofoto monitoring, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari asosidagi masofaviy tahlil hamda AI (sun’iy intellekt) skoring algoritmlaridan foydalangan holda, investitsion xavflarni kamaytiruvchi, shaffof va barqaror boshqaruv tizimi taklif qilinmoqda. Shuningdek, maqolada har bir yer uchastkasi uchun “investitsion pasport” ishlab chiqish, blokcheyn texnologiyalarini tasdiqlov vositasi sifatida qo‘llash va geoportal orqali barcha ma’lumotlarni ochiq taqdim etish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Ushbu model O‘zbekistonda investitsiyaviy qarorlarni qabul qilishda zamonaviy va ishonchli vosita bo‘lishi mumkin.
References
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi. - T.: Adolat, 2000. - 64 b.
FAO. Land Governance GeoPortals: Guidelines and Toolkit. - Rome: FAO, 2020. - 68 p.
UN-Habitat. GIS-Based Urban Planning Tools. - Nairobi: UN-Habitat, 2021. - 72 p.
World Bank. Digital Land Management Framework. - Washington: World Bank Publications, 2021. - 84 p.
ESRI. Smart Cities Use GIS. - Redlands (CA): Environmental Systems Research Institute, 2024. - 55 p.
Jensen J.R. Remote Sensing of the Environment: An Earth Resource Perspective. 2nd ed. - New York: Pearson Education, 2007. - 592 p.
Saaty T.L. The Analytic Hierarchy Process: Planning, Priority Setting, Resource Allocation. - New York: McGraw-Hill, 1980. - 287 p.
Zakrajsek F., Vodeb V. Measuring Land Attractiveness for Investment. - Ljubljana: LIBRIS, 2020. - 93 p.
Carmona M., Tiesdell S., Heath T., Oc T. Public Places, Urban Spaces: The Dimensions of Urban Design. 2nd ed. - Oxford: Routledge, 2010. - 384 p.
Richards J.A., Jia X. Remote Sensing Digital Image Analysis. 4th ed. - Berlin: Springer, 2006. - 439 p.