ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA FIRIBGARLIK JINOYATLARINI FOSH ETISH MASALALARI

ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA FIRIBGARLIK JINOYATLARINI FOSH ETISH MASALALARI

Authors

  • Hakimova Zarnigor Aflotun qizi IIV Akademiyasi kursanti

Keywords:

firibgarlik, ichki ishlar organlari, tergov, jinoyatlarni fosh etish, raqamli firibgarlik, hujjatlashtirish, ekspertiza, huquqiy ong, sun’iy intellekt, huquqni muhofaza qilish

Abstract

Firibgarlik jinoyatlari zamonaviy jamiyatda eng ko‘p tarqalgan va ichki ishlar organlari tomonidan ko‘p uchraydigan huquqbuzarlik turlaridan biridir. Ular ko‘pincha iqtisodiy manfaat olish maqsadida amalga oshiriladi va fuqarolar, tadbirkorlar hamda davlat organlariga katta moddiy zarar yetkazadi. Ushbu maqolada firibgarlik jinoyatlarining huquqiy-tushunchaviy mohiyati, ularning asosiy turlari, amalga oshirish mexanizmlari va ichki ishlar organlari tomonidan bu jinoyatlarni aniqlash va fosh etishning samarali usullari yoritilgan. Maqolada shuningdek, jinoyatlarning oldini olish, ularni tez va to‘liq ochish, firibgarlik sodir etishda qo‘llaniladigan yangi texnologiyalarni aniqlash, hujjatlashtirish va ekspertizadan o‘tkazish masalalari atroflicha tahlil etilgan. So‘nggi yillarda yuzaga kelayotgan raqamli firibgarlik (internet orqali amalga oshiriladigan aldov) holatlari, plastik kartochkalar orqali firibgarlik, moliyaviy piramidalarning jinoyat tarkibi kabi muammolar ham ko‘rib chiqiladi. Ichki ishlar organlari faoliyatida zamonaviy texnologiyalar, sun’iy intellekt, analitik dasturlar va ma’lumotlar bazasi bilan ishlashning ahamiyati alohida ta’kidlanadi. Mazkur vositalar firibgarlik jinoyatlarining izlarini aniqlash, isbotlash va ularni tez fosh etishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, tergov va surishtiruv organlari o‘rtasida axborot almashinuvini kuchaytirish, firibgarlik jinoyatlarining takrorlanishini oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar zarurligi asoslab beriladi. Tadqiqot davomida jinoyatlarni aniqlash va tergov qilishda yuzaga keladigan muammolar – qonunchilikdagi bo‘shliqlar, hujjatlarni soxtalashtirish, isbotlash vositalarining yetishmasligi kabi omillar tahlil qilinadi. Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va fuqarolar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish orqali firibgarlikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish mumkinligi ko‘rsatiladi.

References

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.

Sobirov F.B. Kriminalistikada zamonaviy yondashuvlar. – Toshkent: O‘zbekiston Yuridik nashriyoti, 2021.

Axmedov Z. Firibgarlik jinoyatlari va ularning tergov xususiyatlari. – Toshkent: Yuridik adabiyotlar, 2020.

Jalilov S. Jinoyatchilikka qarshi kurashda ichki ishlar organlarining o‘rni. // “Huquq va jamiyat” jurnali. – 2023, №2. – B. 15–21.

Downloads

Published

2025-05-01
Loading...