ICHKI ISHLAR ORGANLARI FAOLIYATIDA SHAFFOFLIKNI TA’MINLASH MASALALARI

ICHKI ISHLAR ORGANLARI FAOLIYATIDA SHAFFOFLIKNI TA’MINLASH MASALALARI

Authors

  • Yaxshilikov Bobosher Sherali o‘g‘li IIV Akademiyasi kursanti

Keywords:

ichki ishlar organlari, shaffoflik, ochiqlik, davlat boshqaruvi, huquqni muhofaza qilish, jamoatchilik nazorati, axborot siyosati, korrupsiyaga qarshi kurash, raqamli texnologiyalar, fuqarolarning ishtiroki

Abstract

Ichki ishlar organlari faoliyatida shaffoflikni ta’minlash bugungi zamon davlat boshqaruvida muhim yo‘nalishlardan biri sifatida qaralmoqda. Ochiqlik va shaffoflik prinsiplari fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini oshirish, davlat boshqaruvi sifatini yaxshilash va korrupsiyaga qarshi kurashishda samarali vosita hisoblanadi. Ayniqsa, huquqni muhofaza qiluvchi tizimlarda shaffoflikni ta’minlash davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlashda katta ahamiyatga ega. Mazkur maqolada ichki ishlar organlarida shaffoflikni ta’minlashning nazariy va amaliy jihatlari, shu jumladan, huquqiy asoslar, axborot siyosati, jamoatchilik nazorati, raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Prezident farmonlari orqali ichki ishlar tizimida shaffoflikni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, mavjud muammolar, jumladan, axborotga erkin kirishdagi cheklovlar, jamoatchilik ishtirokining pastligi, raqamli xizmatlarning yetarlicha rivojlanmagani muhokama qilinadi. Maqolada shuningdek, xalqaro tajriba o‘rganilib, rivojlangan davlatlarda ichki ishlar organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini ta’minlash bo‘yicha samarali amaliyotlar misolida taqdim etiladi. Bu esa O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirishga, jamoatchilik bilan muloqotni kuchaytirishga xizmat qiladi. Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash nafaqat qonuniy talab, balki ichki ishlar organlari faoliyatining samaradorligini oshirish, fuqarolar huquqlarini himoya qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish va jamiyatda ishonch muhitini yaratishda muhim omil hisoblanadi. Shu bois, ushbu masalalarga alohida e’tibor qaratish, tizimli yondashuv va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish zarur.

References

Qodirov. S. Sh. (2021). Davlat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflik tamoyillarining huquqiy asoslari. – Toshkent: Yuridik nashr.

Rahmatullayev. A. (2020). Davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolik ishtirokini ta’minlash mexanizmlari. – Toshkent: Adolat.

Sobirov. F. B. (2022). Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda jamoatchilik nazorati: muammo va yechimlar. // “Kriminalistika va sud ekspertizasi” ilmiy-amaliy jurnali, №3, 45–52-betlar.

Mamadaliyev. D. (2023). O‘zbekiston ichki ishlar organlarida axborot xizmatlarining rivojlanish tendensiyalari. // “Ijtimoiy fanlar” jurnali, №2.

Downloads

Published

2025-05-01
Loading...