“POLICFACE” AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TIZIMINING O‘ZIGA XOSLIGI
Keywords:
Policeface, avtomatlashtirilgan tizim, yuzni aniqlash, sun’iy intellekt, huquqni muhofaza qilish, axborot xavfsizligi, shaxsiy ma’lumotlar, kriminologiya, jinoyatchilik, videokuzatuv.Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan “Policeface” avtomatlashtirilgan axborot tizimining texnik va funksional imkoniyatlari, shuningdek uning huquqni muhofaza qilish organlaridagi qo‘llanishi, ahamiyati va istiqbollari yoritilgan. Bugungi kunda kriminologiya, kriminalistika, tezkor-qidiruv va tergov faoliyatlarida yuzni tanish texnologiyalarining qo‘llanilishi nafaqat ish samaradorligini oshirish, balki inson omilidan kelib chiqadigan xatoliklarni kamaytirish, xavfsizlik darajasini oshirish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimining raqamli transformatsiyasini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. “Policeface” tizimi sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan bo‘lib, raqamli kuzatuv kameralari orqali to‘plangan tasvirlar yordamida shaxslarni identifikatsiya qilish, ularning harakat trayektoriyasini aniqlash, yuz ifodalarini tahlil qilish, jinoyatchilarni aniqlash va kuzatish imkonini beradi. Tizim real vaqt rejimida ishlaydi va markaziy serverga ulangan barcha kuzatuv nuqtalaridan kelayotgan ma’lumotlarni avtomatik ravishda tahlil qiladi. Maqolada tizimning algoritmik ishlash tamoyillari, uning xavfsizlik bazalari bilan integratsiyasi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish mexanizmlari, yuzni tanishdagi aniqlik darajasi, texnik xatoliklar va ularni bartaraf etish usullari keng tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro tajribalarga tayangan holda, ushbu texnologiyaning O‘zbekistonda joriy etilishi va mahalliy sharoitlarga moslashtirish yo‘llari muhokama etiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, “Policeface” tizimi jinoyatlarni oldindan ogohlantirish, gumonlanuvchilarni tezda aniqlash, terrorizm va boshqa xavfli jinoyat turlariga qarshi kurashda samarali vosita sifatida xizmat qilishi mumkin. Biroq, mazkur texnologiyani tatbiq etishda inson huquqlari, shaxsiy hayot daxlsizligi va axborot xavfsizligiga doir muhim masalalar e’tibordan chetda qolmasligi lozim. Maqola huquqni muhofaza qilish tizimida zamonaviy texnologiyalarning rolini chuqur tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib, "Policeface" dasturining texnik-iqtisodiy tahlilini, uni joriy etishdagi to‘siqlar va imkoniyatlarni, hamda kelajakdagi rivojlanish tendensiyalarini qamrab oladi.
References
Sobirov F.B. Kriminalistik identifikatsiyaning nazariy asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2022. – 288 b.
Karimov O.T. Kriminalistik texnika va avtomatlashtirilgan tizimlar. – Toshkent: Oliy ta’lim, 2021. – 198 b.
Туров В.А., Гончаров Д.М. Системы распознавания лиц: современные технологии и перспективы применения // Информационные технологии в правоохранительной деятельности. – 2021. – №4. – С. 18–25.
Sokolov A.S. Технологии видеонаблюдения и идентификации личности в условиях цифровизации // Вестник МВД России. – 2020. – №7. – С. 43–49.
Jain A.K., Ross A., Nandakumar K. Introduction to Biometrics. – New York: Springer, 2011. – 312 p.