HUJJATLARNING TEXNIK KRIMINALISTIK EKSPERTIZASI - â FAKSMILEâ TADQIQLOTIDAGI MUAMMOLAR
Keywords:
hujjat ekspertizasi, texnik kriminalistika, faksmile, imzo soxtalashtirish, spektral tahlil, sunâiy intellekt, hujjat autentifikatsiyasi.Abstract
Ushbu maqola hujjatlarning texnik kriminalistik ekspertizasi doirasida âfaksmileâ (yaâni imzo nusxasi yoki taqlid qilingan imzo)larni aniqlash, ularni asl nusxalardan farqlash, va bunday soxtalashtirish usullarini tahlil qilishda mavjud boâlgan asosiy muammolarni yoritishga bagâishlangan. Zamonaviy texnologiyalar taraqqiyoti bilan hujjatlar bilan bogâliq jinoyatlarning murakkablashuvi, ayniqsa faksmile yordamida hujjat soxtalashtirish holatlari kengaymoqda. Bu esa ekspertlar oldida yangi, murakkab va dolzarb vazifalarni qoâymoqda. Tadqiqot davomida ekspertiza jarayonida uchraydigan asosiy texnik toâsiqlar â jumladan, original va faksmile imzolar oârtasidagi mikroskopik farqlarni aniqlashdagi murakkabliklar, printer va koâchirish texnologiyalari orqali yaratilgan soxta imzolarni aniqlash, va bu jarayonda raqamli texnologiyalarning oârni alohida koârib chiqiladi. Shuningdek, ushbu maqolada zamonaviy kompyuter dasturlari yordamida tayyorlangan faksmile imzolarni aniqlash uchun algoritmik tahlil metodlari va sunâiy intellekt vositalaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Muammo shundaki, faksmile imzolarini aniqlashda anâanaviy ekspertiza metodlari har doim ham yetarli natijalarni bermaydi. Ayniqsa, yuqori aniqlikdagi nusxalash texnikalari yordamida yaratilgan imzolarni aniqlash uchun ekspertlar har doimgidek tajribaga tayanmasdan, balki texnologik yechimlardan foydalanishga majbur boâlmoqdalar. Shu sababli, maqolada zamonaviy diagnostik usullar, jumladan, spektral tahlil, mikroskopik tekshiruv va grafometrik oâlchovlar muhim ahamiyatga ega ekanligi asoslab beriladi. Maqolada keltirilgan tahlillar asosida texnik ekspertiza amaliyotini yanada takomillashtirish, faksmile tahlilida metodik yondashuvlarni standartlashtirish, hamda ekspertiza uchun zarur zamonaviy vositalar bilan taâminlash zarurligi xulosa qilinadi.
References
Alishev. M.J. Kriminalistik ekspertiza hujjatlari: nazariya va amaliyot. â Toshkent: Yuridik adabiyot, 2020. â 312 b.
Tursunov. I.A. Sud-texnik ekspertiza hujjatlari. â Toshkent: Fan, 2018. â 256 b.
Ismoilov. X.N., Hamidov, B.Sh. Kriminalistika. Darslik. â Toshkent: Oâzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2021. â 380 b.
Mirzaev. M.M. Hujjatlarning ekspert tahlilida zamonaviy texnologiyalar. // Kriminalistika va sud ekspertizasi. â 2022. â â1. â B. 45â53.
Nazarov. U. Raqamli imzoning huquqiy asoslari va ekspertizadagi oârni. // Yuristlar jamiyati jurnali. â 2023. â â3. â B. 29â34.